Zamonamiz qahramonlari

#zamonamiz_qahramonlari

Muallim …  shu birgina so‘z  mehnatsevarlik, uyqusizlik, adolat, latofat, lutf, ilm va mehnatsevarlik  so‘zlaridan jo bo‘lgandek  go‘yo. Tabiiyki, “muallim” nomiga sazovor  bo‘lgan  inson  borki,  o‘zgalar kamoloti uchun o‘z  huzur-halovatini baxshida eta oladi. Uchquduq tumani 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali  rus tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Norova Hilola Ibrohimovna  ana shunday  fidoyi  ustozlardan  biridir.

photo_2021-05-12_12-18-55

Tirishqoqligi, mehnatsevarligi, bilimdonligi va tashabbuskorligi bilan jamoasida o‘z  o‘rniga  ega bo‘lgan Hilola Norovani  barcha  o‘quvchilar  birdek  e’zozlaydi. Jumladan, ustozning shogirdi, maktabning 10-sinf o‘quvchisi Baxriddinova Sevinch rus tili fanidan fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, o‘quvchilari Baxriddinova Sevinch hamda Hasanova Faridalar  2020-2021- o‘quv yilida “Meжязыковое общение” konferensiyada ishtirok etib “Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasiga ega bo‘lishdi.

photo_2021-05-12_12-19-03

Hilola Norova nafaqat, tuman, viloyat, balki respublika tanlovlarida ham juda faol. Jumladan, u “ИЗ ОПЫТА ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН” respublika maqolalar tanlovida ishtirok etib, sertifikatga ega bo‘ldi. “Intilganga tole yor” deganlaridek, Hilola Norova  xalqaro tanlovlarda  faollik ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, 2020-2021- o‘quv yilida Qozog‘istoning  Nursulton  shahrida o‘tkazilgan  “Global sciense  and innovations 2020”  xalqaro konferensiyasida faol ishtirok etib, “Eng yaxshi taqdimotchi” nominatsiyasiga  ega bo’ldi.

photo_2021-05-12_12-19-10

Ustoz yaqinda Rossiyaning Gersen universitetining  C2 darajali sertifikatiga  ega bo‘ldi. Qolaversa, Hilola Norova maqolalari, ijodiy ishlari  respublika nashri hisoblanmish “Kasbiy fanlar metodikasi” jurnalida chop etilib kelinmoqda.

Uchquduq tuman 18-umumiy o’rta ta’lim maktab  MMIBDO’  Ikromova N