1449747966__dsc0335

Uchquduq tuman va shahri to‘g‘risida

1. Geografik o‘rni va tabiati

Uchquduq tumani Navoiy viloyatining shimoliy qismida joylashgan, umumiy yer maydoni 46626,4 kv.km.

Tuman shimoliy tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Qizil Orda viloyati, sharqiy tomonidan Tomdi tumani, g‘arbiy tomonidan Qoraqalpag‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati, janubiy tomonidan esa Buxoro viloyati va Konimex tumani bilan chegaradosh.

Tabiati iqlimi kontinental. Yozi issiq +45+50 gradusgacha, qishi sovuk -25-35 gradusgacha, tuprog‘i asosan qumtuproq. Tuman asosan konchilik va chorvachilikka moslashilgan hududdir.

2. Tuman tarixi

Tuman va shaharga «Uchquduq» nomining berilishi shahar markazi joylashgan hududda XX-asrning boshida mavjud bulgan uchta quduqdan kelib chikkan. 1958 yilgacha bu uchta quduq hududida yoki atrofida mol chorvachiligi bilan shug‘ullanib tirikchilik qilgan va keyin jamoa ho‘jaliklari chorva mollarini boqib, mexnat qilgan chorvadorlar yashagan.

1956-1958 yillari Davlatimiz tomonidan tuman hududida geologik qidiruv ishlari olib borilishi natijasida tuman territoriyasida sanoat konlari ( tilla, uran, marmar va boshqalar)ga juda boy ekanligi aniqlanganidan sung, 1958 yili Uchquduq shahri qurilib, Navoiy tog‘ metallurgiya kombinatiga qarashli Shimoliy kon boshqarmasi tashkil topgan hamda ular tomonidan sanoat mahsulotlarini qidirish va ishlab chiqarish ishlari bugungi kunga qadar davom etib kelmokda.

O‘zbekiston SSR Yuqori Kengashi Prezidiumining 1958 yil 14 sentyabrdagi 343-sonli Farmoni asosida Uchquduq poselkasi tashkil etilib qurilgan.

Uzbekiston SSR Yuqori Kengashi Prezidiumining 1979 yil 19-apreldagi 120-sonli Farmoni asosida Uchquduq poselkasiga shahar maqomi berilib, Uchquduq shahar Kengashi va uning bulimlari tashkil etilgan.

O‘zbekiston SSR Yuqori Kengashi Prezidiumining 1982 yil 22-apreldagi 22-sonli Farmoni asosida Navoiy viloyati tashkil topishi bilan Uchquduq shahri va yangi tashkil etilgan Uchquduq tumani Navoiy viloyatiga buysunuvchi tumanlar va shaharlar tarkibiga kirgan.

3. Tumanning ma’muriy-hududiy bo‘linishi

Markazi – Uchquduq shahri

Tumanning tuzilgan vaqti – 1982 yil 22-aprel

Territoriyasi – 46628,0 kv.km.

Tuman markazi Navoiy viloyati markazigacha bulgan masofa – 300 km.

Tuman markaziga yaqin temir yul stansiyasigacha bulgan masofa – 12 km.

Tumanga buysunuvchi shahar – 1

Shaharcha – 1

Qishloqlar – 13

Ovul fuqarolar yig‘inlari soni – 5

Maxalla fuqarolar yig‘inlari soni – 6

4. Aholisi

Tuman va shahar axolisi 2014 yil 1-yanvar xolatiga 34934 kishini,

shu jumladan shahar axolisi 29413 kishini, qishloq axolsi 5521 kishini tashkil etadi.

Jami axoli tarkibini 17900 tasini erkaklar va 17034 ayollar tashkil kiladi.

UCHQUDUQ TUMANI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Uchquduq tuman hokimi Sanakulov Rustambek Burxanovich

Tuman markazi Uchquduq shahri

Tuman tashkil topgan yil 1982 yil 22-aprel

Aholi soni 34934

Shundan; Shaxar axolisi 29413

Qishlok axolisi 5521

Erkaklar 17900

Ayollar 17034

Voyaga yetmaganlar 11500

Tuman hududi 46.63 kv.km

Shaharchalar 1

Ovul fuqarolar yig‘inlari 5

Mahalla fuqarolar yig‘inlari 6

Aholi punktlari 13

Tumanda ro‘yxatga olingan

xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 349

sh/j dan faoliyat ko‘rsatayotganlari 346

Fermer xo‘jaliklar soni 36

Sanoat korxonalari 45

Qurilish korxonalari 18

Tumanda sog‘likni saqlash 1

Qishloq vrachlik punktlari 7

Kasb-xunar kollejlar 2 (Konchilik va qurilish uy-joy . kommunal xujaligi kolleji)

Maktablar 19

Maktabgacha ta’lim muassasalari 7

Tahririyat 1 (Uchkuduk)

Istirohat bog‘i 4 (G‘alaba,Dustlik,Yoshlik vaOrzu bog‘lari)

Bozorlar 2 (1ta dehqon, 1ta buyum)

Uchquduq tumani

Shahar tashkil topgan yil 1982 yil 22 aprel

Aholi soni 37880

Shahar hududi 35.2 kv.km

Xo‘jaliklar soni 11299

5. Mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida xo‘jalik soni

1. Do‘stlik 2025

2. Mustaqillik 2216

3. Aytim 1536

4. Navoiy 1740

5. Abay 1873

6. Kokpatas 343

7. L.Murashimov 918

8. Bozdun 102

9. Mingbuloq 156

10. Altintau 202

11. Uzunquduq 163

12. Kukayoz25

Sanoat korxonalari 45

Qurilish korxonalari 18

Shahar sog‘likni saqlash muassasalari 2 (Tibbiyot birlashmasi, SHKB qarashli 2-sonli tuman tibbiyot sanitariya qismi) 7 ta QVP

Kasb-xunar kollejlar 2 (Uchquduq konchilik kasb-hunar kolleji va Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji)

Maktablar 19 (1,2,3,4, 6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20 –maktablar)

Maktabgacha ta’lim muassasalari 7 (XTMFMTB 1,2-sonli SHKB ga qarashli 3,9,11,MTM lar)

Tahririyat 1 (Uchquduq gazetasi)

Istirohat bog‘i 4 (G‘alaba,Dustlik,Yoshlik va Orzu bog‘lari)

Bozorlar 2 ( 1ta dehqon bozori, Konchilar bozori).