“Ona tilim – jonimga masih” tayyorladi Malikova D. ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan “Ona tilim – jonimga masih” nomli tadbir ishlanmasi

1-boshlovchi:

Onam O’zbekiston, nurlar yurtisan,

Bepoyon xazinam, durlar yurtisan.

Donishmandlar yurti, hurlar yurtisan,

Olloh nazar slogan yurtlar yurtisan.

Seni jon ichida asrash –ahdimiz,

O’zingsan muqaddas, oliy taxtimiz!

2-boshlovchi:

Biz uchun eng aziz dunyo o’zingsan,

Oy-u quyoshimiz, Zuhro o’zingsan,

Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o’zingsan,

Muhrimda porlagan Humo o’zingsan.

Qalbimiz qo’rida shu o’tli nido

Vatanga jonni biz etarmiz fido.

1-boshlovchi:

Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,

Vatan martabasi baland, zabardast,

Ko’zday asragaymiz seni har nafas

Insoniy ilmdan oldik senda dars.

Jon gavhari bildik seni jon ichra,

Abadiy ravnaq top, bu jahon ichra.

2-boshlovchi:

To jahon boricha bor bo’lgay,

Osmoning hamisha beg’ubor bo’lgay,

Istiqloling mangu, barqaror bo’lgay,

Yurtboshimiz mehri doim yor bo’lgay.

O’zingsan borlig’im, jon-tanim mening,

Jonlar fido senga, Vatanim mening.

1-boshlovchi:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli o’quvchilar! Sizlar bilan ushbu ona tilimizning bayram to’yonasia diydor ko’rishib turganimizdan behad xursandmiz.

2-boshlovchi: bugun ona yurtimizning har bir go’shasida katta tantana. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilgan kunga roppa-rosa 28 yil to’ldi.

1-boshlovchi: Ona tiliga cho’ng e’tibor va ehtirom bilan qaramoq, uning har bir so’zi qatlariga yashiringan ma’no jilolari-yu mazmun teranliklarini idrok etib, ulardan huzurlanmoq, bu muqaddas xilqatda tin olgan ajdodlar ruhini his qilmoq va bu xilqatni jidoyilik bilan qo’rimoqqa hamisha hozir bo’lmoq Vatan farzandining oily burchidir.

Raqs . ijro etadi 5-“A”sinf o’quvchilari

2-boshlovchi: dunyo tillari haqida bilishni istaysizmi? Unda quloq tuting. Dunyoda taxminan, 7000 dan ortiq til bor. Bu tilning ayrimlarida millionlab odamlar gaplashsa, ba’zisida bir necha ming kishigina gaplashadi.

1-boshlovchi: xitoy tilida hozir bir milliardga yaqin kishi so’zlashsa, chukot tilida bor-yo’g’I bir necha ming kishi muloqotda bo’ladi. Dog’istonda bir million aholi bo’lib, 40 ga yaqin tilde so’zlashadi.

2-boshlovchi: dunyoda qo’llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til xalqaro til yoki jahon tili deyiladi. Hozir rasmiy tan olingan 6 ta xalqaro til bor : ingliz, ispan, arab, rus, xitoy, fransuz tillaridir.

1-boshlovchi: Nomi birgina tovushdan iborat til – “I” tili ham bor. Bu tilde xitoyning ba’zi viloyatlarida so’zlashadilar. Eng so’zi uzun til Chukotkadagi eskimoslar tilidir.

8-“A”sinf o’quvchisi Mustafoyeva Muxlisa ijrosida chanqovuzda kuy

1-boshlovchi: Buyuk ajdodlarimiz tilning rivojiga katta hissa qo’shib, bu tilde o’lmas asarlar yaratganlar. O’rta Osiyolik olim Abulqosim Mahmud Zamaxshariy 50 dan ortiq asar yozib, arab tili garmmatikasini ishlab chiqqan.

2-boshlovchi: shu o’rinda tilimizda yaratilgan eng nodir asar va ularning mualliflari bilan sizlarni tanishtirib o’tishni ma’qul deb topdik.

O’quvchilar tilimizda yaratilgan asarlar haqida ma’lumotlar berib o’tadilar

1-boshlovchi: Alisher Navoiy hazratlari o’zbek adabiy tilining asoschisi, desak hech adashmaymiz. Navoiy “Muhokamat ul lug’atayn ” asarida turkey til forsiy tildan kam emasligini, turkey tilning ham imkoniyatlari keng ekanligini ta’kidlagan.

2-boshlovchi: Alisher Navoiy sharq adabiyotining 20 janrida ijod qilgan yagona ijodkor sifatida o’zbek tili lug’atini boyitgan. Shoir o’zbek tilidagi so’zlarni yangi ma’nolarda qo’llab, shu so’zlardan yangi so’zlar yasagan. 26 mingdan ortiq so’z bilan poetic adabiy tilni boyitib , sof o’zbekcha 9305 ta so’zni badiiy qo’llashga olib kirgan.

1-boshlovchi: Navoiy davlat arbobi Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Biz bu ulug’zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”. Navoiy til bilish foydasi haqida gapirar ekan, uni o’rganishdan hech charchamslik lozimligini uqtiradi.  Quyidagi “Til bilgan – el biladi” nomli sahna ko’rinishimiz shu haqida.

8-“A”sinf o’quvchilari ijrosida sahna ko’rinishi

2-boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida, “Davlat tili to’g’risada”gi Qonunning 1-moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir. ”

1-boshlovchi: 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirdagi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Avvalgi30 ta moddadan iborat qonunning 11 moddasi chiqarilib, 5 modda yangidan qo’shildi. Natijada u 24 moddadan iborat bo’ldi.

2-boshlovchi: Bundan tashqari, O’zbekiston Markaziy Osiyoda umumta’lim maktablari uchun 7 tilda darsliklar chop etuvchi yagona mamlakatdir. Shu bilan birga o’tgan 28 yil davomida o’zbek tilining mavqei tiklandi hamda uning taraqqiyoti yo’lida ulkan ishlar amalga oshirildi.

8-“A”sinf o’quvchilari ijrosida Muhammad Yusufning “Ona tilim ” she’ri

1-boshlovchi: Davlat tili masalasi hamma davlatlarda o’z mavqeiga ega. Bizning vazifamiz tilimizning sofligi, tabiiyligi uchun kurashmog’imiz kerak.

2-boshlovchi: oramizda hali ham o’z tilini qadriga yetmagan, milliy g’urur nimaligini bilmaydigan insonlar bor. Gapirayotganda ruscha, inglizcha so’zlarni qo’shib aytishni go’yoki madaniyotli odamlarga xos xislat deb biladilar.

1-boshlovchi: ha, oqibatda ikki tilni ham buzadilar. Tilidan ayrilgan odamning boshiga do’ppi, egniga chopon kiydirib, beliga belbog’ bog’lamang, u baribir o’zbek bo’la olmaydi. Shuning uchun ham tilni millatning ruhi deb bejizga aytishmagan.

Til haqidagi hikmatlardan tinglaymiz.

1-boshlovchi:

Shunchalar mazmunga, sehrga boyim,

Ma’no gulshanida go’zal gulimsan.

Qalbimdagi faxr – ushbu iliqlik,

Nutqim ravon etgan ajib tilsimsan.

Har bir so’z ma’nosi javohirga teng,

Ajdodlarim tili, bobo tilimsan.

O’quvchilar ijrosida she’rlardan tinglaymiz.

2-boshlovchi: o’zbek tilining jadal rivoji uning o’ziga mos yozuvga ega bo’lishi bilan bog’liq. Zero, yozuv tilning libosi bo’lib, bichimi bejirim bo’lmog’I kerak.

1-boshlovchi: “Lotin yozuviga, asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi qonun ana shu maqsadda qabul qilingan. Davlat tilida ish yuritish haqidagi qoidalar til to’g’risidagi qonunimizning o’zak moddalari hisoblanadi.

2-boshlovchi: o’zbek degan milliy o’zlikning o’zagida azaldan istiqomat qilib kelgan, ammo uyfan tashqariga chiqib, gerbil qog’ozlar uzra savlat to’kmoq baxtidan mahrumqilingan o’zbek tili O’zbekistonning o’ktam va o’tkir tiliga aylandi.

1-boshlovchi: bugun davlat tili rutbasidagi o’zbek tilimiz mamlakatimiz siyosatida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga kamarbasta bo’lib, erkin takomil yo’lidan bormoqda.

2-boshlovchi: Bu oydin yo’l qadimdan ildizi baquvvat tilimizning zamon ichra harakatiga hayotiylik baxsh etmog’I tayin. Ona tili va istiqlolni bir-biridan ayro tasavvur etib bo’lmaydi.

1-boshlovchi: Istiqlol millatning, yurtning, Vatanning o’z erkiga sohibligi, hurligidir. “ Til mustaqilligi – el mustaqilligi”. Asrlar osha opichlab, ne-ne dovullardan omon asrab kelayotgan tilimizni e’zozlaylik, qadriga yetaylik. E’tiborlaringiz uchun rahmat

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. “Ma’naviyat”2008
  2. Oripov “Saylanma” 2011
  3. Yusuf “Saylanma” 2015
  4. O’zbek xalq maqollari. 2003
  5. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali 2017
  6. Hamzatov she’riy to’plami
  7. Navoiy haqida hikoyatlar

135

Uchquduq tuman

18-umumiy o’rta ta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Malikova Dilafro’z Rahmatullayevnaning

O’zbek tiliga Davlat tili maqomi

berilganligining 28 yiligi munosabati bilan

“Ona tilim – jonimga masih” mavzusida tayyorlagan

tadbir ishlanmasi