IMG_20210207_205931_812

Oliy ta’limga tayyorgarlik

Uchquduq tuman XTB ga qarashli 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida joriy yilning 4-fevral kuni 11-“A”, 11-“B” sinf o’quvchilari ishtirokida o’quvchilarni OTM lariga qamrab olish maqsadida “Maktab direktori va bitiruvchi ” uchrashuvi o’tkazildi. O’quvchilar bilan OTM lariga qamrab olish maqsadida tanlagan yo’nalishlari asosida o’tkazilgan test natijalari tahlili o’quvchilarga o’qib eshittirildi. Past natija ko’rsatgan o’quvchilarga bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo’shimcha fanlardan to’garaklarga borish, o’z ustida astoydil ishlash, bilim olish, qunt bilan o’rganish tavsiyalari berib o’tildi. Maktabda har hafta o’tkazilgan diagnostik testlarda ishtirok etib, ko’rsatgan natijalari monitoring qilib borilishi aytib o’tildi. O’quvchilarga qiziqish qobiliyatiga ko’ra Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi hamda Uchquduq sanoat texnikumida tashkil etilgan qisqa muddatli o’quv kurslarga o’z vaqtida borishi puxta bilim olish hunar kasb-hunar o’rganish tavsiyalari berib o’tildi.

IMG_20210207_205934_409

IMG_20210207_205931_812