Ochiq dars ishlanma

Informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’zning bir soatlik ochiq dars ishlanmasi

Mavzu:Paskalda shakllar chizish imkoniyatlari

—A)Ta’limiy:kommunikativ kompetensiya: kompyuter xotirasiga dastur kiritish jarayonida ingliz tilidagi atamalarni ma’nosini tushungan holatda kiritishni o’rgatish.

—B)Tarbiyaviy:milliy va umummadaniy kompetensiya:o’quvchilarni vatanga sadoqat,insonlarga mehr-oqibat tuyg’ularida tarbiyalash.

—D)Rivojlantiruvchi:o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi:o’quvchilarni o’z-o’zini muntazam rivojlantirish maqsadida qo’shimcha topshiriq berish.

Dars  turi:yangi bilimlarni bayon qilish.
Dars metodi:Amaliy, og’zaki,kitob bilan ishlash
Dars jihozi: Reja-konspekt,yozuv taxtasi, jurnal,  kompyuter va hokazo.
Darsning borishi:
I.Tashkily qism:Salomlashish,davomad, xona nazorati (2daqiqa)
II.Psixologik iqlim yaratish, kun yangilarini so’rash(2daqiqa)
III.O’tgan mavzuni mustahkamlash (6 daqiqa)

Savollar:
1.Ekranni grafik holatga o’tkazish uchun qaysi protseduradan foydalaniladi?
2.Ekranni gorizontal va vertikal yo’nalishi bo’yicha maksimal koordinatasini aniqlaydigan funksiyalar?
3.Paskal tilida necha xil rangdan foydalaniladi?
4.Graph modulida qanday shakllarni chizishga mo’ljallangan operatorlar mavjud?

Krossvord
1.Ekranning yurgich turgan nuqtasi?
2.Shakl chizish operatoridan foydalanish uchun dastur boshida qaysi ko’rsatma beriladi?
3.Ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasi qanday rangda ekanini aniqlaydigan funksiya?
4. Grafik holatdan chiqish protsedurasi?
5.Ekranda ularning soni ko’pi bilan 640×480 ta bo’ladi?
6.Grafik holatda ishlashni ta’minlovchi fayl?
IV.Yangi mavzu bayoni(20 daqiqa):
Paskalda chiziq rangini tanlash uchun Setcolor(rang), fon rangini tanlash uchun esa Setbkcolor (rang)  protsedurasidan foydalaniladi . Tanlangan rang joriy rang deyiladi.
Line(x1,y1,x2,y2) protsedurasi ekranning (x1,y1)koordinatali nuqtasi bilan (x2,y2) koordinatali nuqtasini birlashtiruvchi joriy rangli kesma chizadi.
Circle(x,y,R) protsedurasi markazi (X,Y) nuqtada va radiusi R ga teng aylana chizadi.

Ellipse(X,Y,BB,OB,XR,YR) protsedurasi markazi (X,R) nuqtada , x va y o’qlari bo’yicha radiuslari  mos ravishda XR va YR ga teng ellipsning BB burchagidan OB burchagigacha bo’lgan yoyini chizadi.
Rectangle(X1,Y1,X2,Y2)  protsedurasi ekranda yuqori chap burchagi (X1,Y1) koordinatali va quyi o’ng burchagi (X2,Y2) koordinatali nuqtada bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizadi.
DrawPoly(BS,KM) protsedurasi siniq chiziq chizadi.
Shakllarning ichini bo’yash uchun rang va usul Paskalning SetFillStyle(usul,rang) operatori yordamida belgilanadi.

Bar(X1,Y1,X2,Y2) protsedurasi  ekranda yuqori  chap burchagi (x1,y1)  va  o’ng burchagi (x2,y2) koordinatada bo’lgan ,ichi joriy rang va usulda bo’yalgan to’g’ri to’rtvurchak  chizadi.
Bar3D(x1,y1,x2,y2,a,b) protsedurasi joriy rang va usulda bo’yalgan parallelipepid  chizadi.Bu yetda a-parallelipepid yon tomonining uzunligi,b esa mantiqiy ifoda bo’lib ,uning qiymati “rost” bo’lsa parallelipepidning yuqori qirrasi chiziladi,””
yolg’on bo’lsa chizilmaydi.
FillEllipse (x,y,xR,yR) protsedurasi markazi (X,Y)nuqtada ,x va y o’qlari bo’yicha radiuslari (eni  va bo’yi ) mos ravishda xR va yR ga teng ,joriy rang va usulda bo’yalgan ellips chizadi.
FillPoly(BS,KM)  protsedurasi joriy rang va usulda bo’yalgan ko’pburchak chizadi.

V.Mavzuni mustahkamlash uchun dastur tuzish.(12daqiqa)
1-mashq.Ekranning o’rtasidan o’tuvchi gorizontal va vertikal chiziq chizuvchi dastur tuzing.

2-mashq. Ekranning o’rtasida radiusi 100 dan kichik sariq rangli 4 ta aylana chizuvchi dastur tuzing.

VI.Yakuniy qism:o’quvchilarni baholash,uyga vazifa berish.(3daqiqa)
Uyga vazifa:3- va 5-mashqlar