photo_2021-08-28_15-52-02

Navoiy viloyati Uchquduq tuman 18-umumiy o’rta ta’lim maktab informatika fani o’qituvchisi Xoliqova Dilafro’z Abdujabborovna Mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitishda innovatsion yondoshuv asosida darslarni tashkil etish

Darslar tashkil etishda foydalaniladigan metodlar:

5-sinflar uchun “MyART” usuli

MyART-”Mening san’atim” yoki “Mening ijodim” usuli o’quvchilarning yashirin iqtidorini namoyon qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu usulni Paint.net yoki Scratch dasturi mavzularida  ishlatish mumkin.

Misol uchun Paint.net dasturi bo’limi yakunida “Mening oilam shajarasi” yoki “Men o’rgangan dasturlar shajarasi” mavzusida rasm ishlash topshirig’i beriladi.

Men bu usulni “Grafik muharrirlarida sohani belgilash amallari” mavzusida qo’lladim.

Ko’rib turganingizdek, bu usulda nafaqat grafikada ishlashni o’rgatasiz,balki o’quvchilarga grafik dasturlar oilasiga qaysi dasturlar va Microsoft Office dasturlar oilasiga qaysi dasturlar mansub ekanligini ham shu o’rinda aytib o’tasiz.

“Formulani top” o’yini,yani Word dasturida formulalar yozish mavzusida boshqa fanlar bilan integratsiya ya’ni bog’lanish hosil qilish uchun ishlatish mumkin.

  • Bosim formulasi — p=
  • Tezlik formulasi —V=
  • Yuzani hisoblash formulasi(to’g’ri to’rtburchak uchun) — S=a*b
  • Hajmni hisoblash formulasi(parallelepiped uchun) —S=2*a*b+2*a*c+2*b*c
  • Mexanik ish formulasi — A=F · s
  • Zichlik formulasi — ρ=

Bu usulda o’qituvchi formulalarni yaxshi bilishi lozim, chunki o’quvchilar xatolarini topa bilishlari lozim.

“Tematik izlanish” metodi

Bu usul ma’lum bir mavzular bo’yicha ma’lumotlar izlash usulidir.Bunga ko’ra o’quvchilarga qo’shimcha ravishda uyda mustaqil ma’lumotlar to’plab kelish vazifasi beriladi va keyingi darsda mavzu mustahkamlanadi.

Misol uchun:”Elektron pochta” mavzusida:” Eng birinchi yaratilgan elektron pochta” yoki “Axborotlarni himoyalash” mavzusida “Birinchi bo’lib yaratilgan virus” kabi topshiriqlarni berish mumkin.

Men ushbu metodni “Axborotli olam muammolari va Internet” mavzusida qo’llaganman hamda o’quvchilar internetga oid internetdan qiziqarli ma’lumotlar yozib kelishdi va do’stlariga ham ulashdi.

O’quvchilarni frilanserlikka qiziqtirish uchun hayotiy haqiqatlarni misol keltirish ham yaxshi natija beradi.

 

8-sinf o’quvchilari uchun “Amaliy mashg’ulot” mavzusida jamoaviy mashg’ulot o’tkazish. Bu usul o’quvchilar fikrlash doirasini kengaytiradi.

Jamoalar orasida qaysi jamoa a’zolari taqdimotni a’lo darajada bajarsalar, shu jamoa g’olib deb topiladi.

Bu usul o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlashga chorlaydi. Hozirgi kunda o’quvchilar texnikani yaxshi biladilar, ulardan yangicha fikrlar tug’iladi.

“Loyiha “metodi

O’quvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo’yicha axborot yig’ish, tadqiqot o’tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir.

Misol uchun Pythonda grafika oynasi bilan ishlash jarayonida oddiy oynadan ko’ra dizaynga e’tibor berilsa o’quvchilar qiziqishi yanada oshadi.

Birinchi holda o’qituvchi o’z dasturini ishlab chiqadi va o’quvchilarga topshiriq beradi.

Bu dasturni o’quvchilarga berganingizda ularda yangi g’oyalar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda o’quvchilar ongi biznikidan teranroq. Boshqa dasturlarda ham darslar davomida ulardan yangicha g’oyalar chiqishini ko’p bora kuzatamiz.

Mana ko’rib turganingizdek, o’quvchilar orqa fon berishlari,oynalarini nomlashlari mumkin.

Men bu ma’lumotlarni kiritganimdan maqsad o’quvchilar fikrlaridan o’z tajribamda shuni bildimki,darslik bo’yicha zo’r dars o’tsangiz-u, lekin qo’shimcha ma’lumot bermaydigan o’qituvchining darsidan ko’ra, darslikni ham zo’r tushuntiradigan ham qo’shimcha ma’lumotlar beradigan o’qituvchilar darslariga qiziqishlari yuqori bo’lar ekan.

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!