Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish. M.Shamsiyeva

Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish. 

 

O`sib   kelayotgan  yoshlarni  barkamol   shaxslar  etib   shakllantirish   hozirgi    kunning   dolzarb    muammosidir.    Ilm   fanning    rivojlanishi,    hayotga   avtomatika   va  telemexanika,   kompyuter  texnikasining    joriy    etilishi,  iqtisoddagi   bozor   munosabatlari  keng    va asosiy   bilimga   ega  bo`lishni   talab   etmoqda.  Demak   zamon   talabiga    mos     yashay   oladigan  shaxs  o`z   bilimini   muttasil   boyitish   bilan    mashg`ul    bo`lishi   kerak.

Bilim  olish   ko`nikmasini    shakllanishida   boshlang`ich   sinf   muhim   bosqichdir.   Maktabga   munosabat,  ilm   olishga    o`qishga   qiziqish,   tez  ravon,   tushunib  o`qish  ko`nikmasi     boshlang`ich  sinfda   hosil   bo`ladi.  Boshlang`ich   sinfning  o`qish    texnikasi   bo`yicha  miqdoriy  ko`rsatkich:  –   bir   daqiqada  80-90   so`zni   o`qiy  olish  Talablar :   harflarni   to`g`ri   talaffuz etish:  so`zlarni   tog`ri   o`qishlarni    tasahkil   etadi.   Bundan   tashqari   ,  tinish  belgilariga  e`tabor   berib,   ravon,   tushunib  o`qish    va   boshqalar  talab    etiladi.

Ko`rinib   turibdiki  boshlang`ich  sinfda  egallanadigan  o`qish   ko`nikmalari   juda  murakkabdir.  Bolaning   savod  o`rganishi   bilangina   o`qish   ko`nikmasi  shakllanib   qolmaydi.O`qish   ko`nikmasi   o`qituvchining   savod   o`rgatish   davrida   foydalangan   barcha   ish   usullariga   o`quvchilarning   maktabga   qanday   tayyorgarlik    bilan   kelganligi,    ta`lim   jarayonida   o`qishga    faol   intilishi,   yani  qiziqishiga   bog`liq   bo`ladi.

O`qituvchi   savod   o`rgatish   davrida   turli  ish  usullaridan   foydalanib  ,o`quvchilarning   o`rgatilayotgan  tovush   va   harflarni  to`g`ri  idrok  etishini   ta`minlashi   tovush  va   harflarni  mustahkam  esda  olib  qolishiga   erishishi,bog`in  va   so`zlarni  tog`ri  o`qish  ko`nikmasini   shakllantirishi   kerak.

O`qituvchilar    tajribasida  “Alifbe”  kitobidan,  undagi   rasmlardan    va o`qish   materiallaridan  , kesma   harflar,   bo`g`inlardan,  harflarni  eslab  qolishni   ta`minlovchi  rasmlardan so`z  plakatlardan  ,  harflar  haqidagi  she`rlardan , ko`chma  qora  taxtalardan  o`rinli  foydalanishni  kuzatish  mumkin .

Lekin har  qancha   mukammal  ish  tashkil   etilmasin,  o`quvchilarning  ma`lum  qismida  o`qish  ko`nikmasi talab  etilgan  darajada  shakllanmaydi.  Shuning  natijasida  boshlang`ich  sinfni  tugatib,  5-sinfga  ko`chgan  o`quvchilar  orasida matnni   yetarlilicha   tezlikda ,  tushunib ,  ifodali  o`qiy  olmaydigan  o`quvchilar  uchraydi.

Bunday  oquvchilarni qo`shimcha   o`qitish  ham   juda  qiyinchilik  bilan  otadi.  Ularda  faollik  yetishmasligi,  sust  harakat  qilish   kuzatiladi.

Bunday  oquvchilarning o`qishga  intilishini  kuchaytirish,  o`qish  texnikasini   mukammallashtirish   uchun  o`ziga  ishonchini     shakllantirish  yo`llarini topish  kerak  edi.   Buning  uchun  o`quvchilar  bilan  oson  so`zlarni  o`qishdan  boshladik.Ularga  o`qilishi  oson  bo`lgan  2  harfli   so`zlar   tanlab ,ayrim  varaqqa    bosma  shaklda   yozib  beriladi. Masalan:

Ot osh os oq it un ip ol ish ich

 

O`quvchilarga   25  ta   shunday  so`zlarni   bosma   shakli  beriladi.  O`quvchilar  ularni   tez   va  ravon  o`qigandan  keyin  3  harfli

 

tom tosh bol suv bog` sut tog` bosh loy
mol qon sol sir choy til non boy zor

 

4   harfli

To`rt

ikki lola bola ukki Sarf

5  harfli  ( vatan,    parta,    taxta,     terak,    parda,   qalam,    safar,      bozor)     kabi,  6  harfli (   duldul,    tandir,   tokzor)   kabi,   7   va  8  harfli  (   pomidor,    kamalak,    kapalak,   Bahodir,    sumalak,  paxtazor,   yaxmalak…………..  kabi  )   so`zlar  berib   boriladi.

Dastlabki   davrda   bo`sh  oquvchilar   shu  oson  so`zlarni  ham  o….t- ot,    o….sh- osh,   u….n-un   shaklida   o`qishga  intiladi.Agar  oddiy  so`zlarni  tez   va  sidirg`a    o`qishga   o`rgatilmasa,harflab    o`qish   keyin  ham   davom  etaveradi.O`quvchilarga  ko`p  marta   takrorlatib   bo`lsa  ham so`zlarni   sidirg`a  o`qishiga   erishish  kerak.   Bunda  avval   o`quvchilarga   tushunish  oson,  yaqqol  tasavvur   etish  mumkin  bo`lgan   so`zlardan   boshlash   va  keyin  ma`nosi  mavhumroq  bo`lgan   so`zlarga   o`tish  foydalidir.  Quyida     to`rt  harfli   so`zlarni   o`rgatishga   taklif   etilgan  tizimni  keltiraman.

dala lola Bola
ipak elak Etak

O`quvchilar  sana,     shama,   teri,  suli,tug`i   kabi  so`zlashuvda  kam  qo`llaniladiganso`zlarni  o`qishda  qiyinchilikka uchraydilar.Shuning  uchun   so`zlar  mazmunan   asta-sekin   murakkablashib  borsa,  o`quvchilarning   oqishi    yengillashadi.Bolalar  bilan   ishlashda   ular   o`qish  ko`nikmasini      qanday   muvaffaqiyat   bilan   egallayotganini   ,   qiziqishini   hisobga  olish  muhimdir.  Shunga  erishish   kerakki,  o`quvchi   to`g`ri,  tez,  qiynalmay o`qiy  olishigacha  yetishi  kerak.Bolaning   muvaffaqiyatiga  qarab  bir  bosqichdan   ikkinchisiga  o`tiladi.

O`quvchi  bu  so`zlarnio`qish  ko`nikmasini  egallagandan   so`ng   to`liq  jumlalarni  o`qishga   o`tish   foydalidir.Masalan:            Xo`roz   qichqirdi.            Rustam      keldi.     Osh  pishdi.                    Bunday   jumlalarni   tez  va  tog`ri  o`qigandan  so`ng  3   so`zli,   4   so`zli,  va    5,   6,  7   so`zli  jumlalarni   tavsiya  etish    mumkin.   Bu  jumlalarni     sinf   taxtasiga  yozib   ham   o`qitish   mumkin.

O`qituvchi   chidam bilan  izchil  ravishda   taklif   etilgan  ishlarni  o`tkazsa,   o`quvchilarning    tez,     to`g`ri   va   ravon   o`qish    ko`nikmasi   mukammallashib    boradi.