boshlang’ich sinf o’qituvchisi Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovnaning “Baxtimiz qomusimiz” mavzusida o’tkazgan tarbiyaviy soat ISHLANMASI

                                BOSH QOMUSIMIZ

   Konstitutsiya davlatimizda qonun ustuvorligini ta`minlab turadi. Uning ustuvorligi har birimizda ulkan mas`uliyatni, ya`ni – konstitutsiya va qonunlarni bilishni, ularga amal qilib yashashni taqozo etadi. U asosiy hujjat – Bosh qomusimiz hisoblanadi.

Sinf xonasi bayramona bezatilgan. Xattaxta yoniga bir qiz va bir o`g`il bola boshlovchilar qo`llarida tabrik jildlari ko`tarib, chiqib  kelishadi.

 

1-boshlovchi:  – Assalomu alaykum, qadrli o`quvchilar! Mo`tabar ustozlar va mehmonlar! O`zbekiston  Rspuplikasi Konstitutsiyasi kuniga bag`ishlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi: – Assalomu alaykum! Ma`lumki, bugungi kunda maktablarimizning har bir sinfida bosh Qomusimiz hisoblangan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o`rgatuvchi darslar o`tilyapti. Unda bolalar “Konstitutsiya” so`zi “tuzish”, “tuzuk”, “nizom”, “tuzilish”, “yaratilish”  degan ma`nolarni anglatilishini bilib olganlar.

1-boshlovchi: To`g`ri aytasan. Bizning zukko o`quvchilarimiz Bosh qomusimiz haqida bilishlari shart bo`lgan bilim va ma`lumotlarni, huquq va burchlarini o`z yoshlariga munosib ravishda o`zlashtirib borishmoqda.

2-boshlovchi: – Darvoqe, bundan 15yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniytini o`zida to`la aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o`ziga xos isboti sifatida Bosh qomusimiz qabul qilindi.

1-boshlovchi: – Ozbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizning huquqiy jihatdan ta`minlovchi asosiy huquq jihati bo`lgani uchun ham biz

8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz.

2-boshlovchi: – Endi navbatni o`quvchilarga beraylik. Bosh qomusimizni ular qanday ta`riflashar ekan?

 

Tadbir o`tkazilayotgan davra to`riga chiroyli maktab formasidagi o`quvchilar chiqib kelishadi.

1-o`quvchi:  Qani, menga ayt, oshnam,

                    Bugun qanaqa bayram?                                 

2-o`quvchi:     -Konstitutsiya kuni,

                       Kim ham bilmaydi buni?

1-o`quvchi:     -O`z haqqi-huquqingni

                       Bilasanmi, o`rtoqjon?

                     Ayt-chi, Konstitutsiya

                   Qabul qilingan qachon?

2-o`quvchi: (qo`lida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda):     -Bu kitobda hammasi

                                 To`liq etilgan bayon.

3-o`quvchi:     -Prezident bobomiz

                         Bizga g`amxo`r, mehribon

                        Yurt tinchligin ko`zlaydi,

                        Xalq baxtini o`ylaydi.

4-o`quvchi:         -O`zbekiston qo`ynida

                             Har bir tuman, viloyat,

                           Kundan-kunga yashnaydi,

                          Kamol topar, tiklar qad.

5-o`quvchi:         O`zbekiston tayanchi

                              Qurolli kuchlari bor.

                               U-xalqining suyanchi,

                             Dushman qutirar bekor.

6-o`quvchi:       -Mustaqil O`zbekiston

                              Dadil tutib o`zini,

                             Bormoqda o`z yo`lidan,

                            Aytmoqda o`z so`zini.

7-o`quvchi:         -Baxt berdi insonlarga

                             Onajon – O`zbekiston

                              U yuz tutdi jahonga,

                                Bo`ldi dovrug`i doston.

 

O`quvchilar “Sog`lom avlod qo`shig`I”ni ijro etishadi.

 

1-boshlovchi:

-Rahmat, bolalar, chiroyli ijrolar uchun. Qani, endi ayting-chi, Konstitutsiyamizda nechta bo`lim, nechta bob va nechta modda bor?

2-boshlovchi:

-O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo`lim, 26 bob, 128 ta moddalardan tashkil topgan.

1-boshlovchi:

-( bolalarga qarata ):

-Konstitutsiyamizga qanday g`oyalar singdirilgan?

 

Davraga bir qancha o`quvchilar chiqib quyidagicha javoblar beradilar.

 

1-o`quvchi:

-Konstitutsiyamizning “muqaddima”sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko`rsatilishi muqarrar g`amxo`rlik to`grisidagi g`oyalar singdirilgan.

2-o`quvchi:

-Insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyamiz boblarida o`z ifodasini topgan. O`quvchilar dona-dona qilib qog`ozga yozib olgan javoblarni o`qib berishadi.

-Shaxsiy huquqlar va erkinliklar. (VII bob ).

Ular asosan quyidagilardan iborat:

-Yashash huquqi.( 24-modda );

-Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.( 25-modda );

-Fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqi( 29-modda );

O`z huquq va manfaatlariga dahldor bo`lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi( 30-modda );

-Vijdon erkinligi ( 31-modda );

1-o`quvchi:

(Qo`lida O`zbekiston Konstitutsiyasi kitobi):

-Ozod, erkinlikning

Ramzi-bu kitob.

Unda aks etgandir

Haq-huquqimiz.

2-o`quvchi:

-Yo`limiz yoritar

Misoli oftob.

Qo`lda baland tursa

Agar tug`imiz.

3-o`quvchi:

-Millionlar taqdiri

Unda mujassam.

Qomuslar qomusi,

Deydi xalqimiz.

4-o`quvchi:

-Yer sharin yoritdi

O`zbekiston ham.

Yurtga fido bo`lsak,

Kular baxtimiz.

 

Sho`x musiqa yangrab, raqs ijro etiladi.

 

 

1-boshlovchi:

-Turmushimizning farovonlashuvida, Vatanimiz va xalqimiz tarixida Konstitutsiyamizning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Zero, unda xalqimizning huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqorolik jamoati, erkin va farovon hayot qurishdek orzu-niyati o`z ifodasini topgan.

2-boshlovchi:

-Bolalar bilasizmi, insoniyat yaratilgandan buyon o`z huquq va erkinliklari kafolatlari to`g`risida bosh qotirib keladi. Inson huquqlarinihimoya qilish chinakam xalqaro hamkorlikni o`rnatish va mustahkamlash borasida BMT  nizomi 1945-yil 24-oktabrdan boshlab doimiy kuchga kirgan.

1-o`quvchi:

-Mayoq bo`lding elimga,

Maqom berding tilimga.

Faxr to`ldi dilimga,

Sha`nim or-u nomusim,

G`ururimsan qomusim.

2-o`quvchi:

-Jamlab, tizib bir ipga,

Yo`lim solding qolipga.

Hayot tushdi tartibga,

Ahdim or-u nomusim,

Bebahoim – qomusim.

3-o`quvchi:

-Huquq, burchim aks etgan,

Har satri pishib yetgan.

Maqsad, g`oyamiz yotgan,

Lavzim, or-u nomusim

Muqaddasim – nomusim.

4-o`quvchi:

-Tunda chaqnagan chayin,

Yurakda yongan yolqin.

Baxtim or-u nomusim,

Iftixorim – Qomusim.

 

Davraga 4 ta o`quvchi chiqib, tadbirni quyidagi so`zlar bilan davom ettiradilar.

 

1-o`quvchi:

-Bolalar huquqlari to`g`risidagi qonunlarni o`zida mujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989-yil 20-noyabr BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan. “Bolalar huquqlari to`g`risida“gi konvensiya ana shunday hujjat hisoblanadi.

2-o`quvchi:

-Darhaqiqat ushbu konvensiya 1990-yil 2-sentabr kuchga kirgan. O`zbekiston Respublikasi unga 1992-yil 9-dekabrda ya`ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning ertasigayoq qo`shilgan.

3-o`quvchi:

-“Bola huquqlari to`g`risida”gi konversiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, uning asosiy maqsadi biz – bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat.

4-o`quvchi:

-Bir so`z bilan aytganda bu konversiyani o`ziga xos “Bolalar Konstitutsiyasi“ deb ham hisoblash mumkin. Chunki unda bolalar huquqlari va erkinliklari kafolatlangan, burchlari ifodalangan.

 

O`quvchi qizlar tomonidan raqs ijro etiladi.

 

1-boshlovchi:

-Darhaqiqat “Bola huquqlari to`g`risida“gi bu konversiyani chindan ham

“Bolalar Konstitutsiyasi”ga qiyoslash mumkin. Konstitutsiyaga amal qilish esa vatanparvarlikdan dalolat beradi. Zero, unda Vatan, xalq va millat manfaatlari ifoda etilgan.

2-boshlovchi:-Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov aytganidek: “…har qanday avlatning yuzi, obro`- e`tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir”.

1-boshlovchi:

-Ajib topgan unda buyuk g`oyamiz,

Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz.

Berilgan huquq, burch, himoyamiz,

Baxtimiz Qomusi – Konstitutsiyam.

2-boshlovchi:

-O`zbek elin faxri, ulkan nufuzi,

Asosiy tamoyil, chin, asl yuzi.

Yurakdan bitilgan har satri, so`zi,

Baxtimiz  qomusi-Konstitutsiyam.

1-boshlovchi:

-Yo`lchi yulduz tuydik dildan biz uni,

O`rgansak kam, takror – takror har kuni.

Eng xalqchil, muqaddas, davlat qonuni,

Baxtimiz qomusi – Konstitutsiyam.

2-boshlovchi:

Aziz tadbirimiz boshlovchilari! O`zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganinig 19 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan “Qomusimiz – nomusimiz“ deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyalab borayapti. Barchalaringizga tashrifingiz, ishtirokingiz uchun minnatdorchilik  bildiramiz.

1-boshlovchi:

-Yurtimiz obod, elimiz shod, osmonimiz musaffo bo`lsin!

Ona O`zbekistonimiz gullab yashnayversin.

2-boshlovchi:

-Xayr, salomat bo`ling.

Musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi.

 

 

 

 

 

 

 

Uchquduq tuman

18-sonli umumiy

 o`rta ta’lim maktabining

boshlang’ich sinf o’qituvchisi

Shamsiyeva Marg`uba Shavqiddinovnaning

“Baxtimiz qomusimiz” mavzusida

o’tkazgan bir soatlik tarbiyaviy soat

 ISHLANMASI