photo_2021-02-24_16-07-26

“Bolalar qo’g’irchoq havaskorlik teatri” tuman festevali o’tkazildi.

Beshta muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi , Yoshlarni san’atning musiqa, raqs, rassomchillik va teatrga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni san’atga keng jalb etish, iqtidorli o’quvchi-yoshlarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining apparat yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-fevral kuni Uchquduq tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 18-umumta’lim maktabida 1,2,4,5,7,9,10,12,13,18,20 maktablarda tashkil etilgan “Bolalar qo’g’irchoq havaskorlik teatri” to’garaklari o’rtasida festival o‘tkazildi. Festivalda 18-maktab 1-o’rinni,10-maktab 2-o’rinni, 20-maktab jamoalari 3-o’rinni egalladi.18-maktab jamoasi viloyat bosqichi uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

photo_2021-02-24_16-07-36